Harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi inspektor-psixologlari hamda prokuratura masʼullari hamkorligida Sariosiyo tumanidagi 2-sonli umumtaʼlim maktabida “Mening maktabimda jinoyat bo‘lmaydi!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi / / Jizzax shahridagi 31-sonli maktabda "Men vatanparvarman" shiori ostida tadbir o‘tkazildi / / “Farzandim jigarbandim” ko’rsatuvining 107-soni 58-sonli umumta’lim maktabidan tayyorlandi / / Inspektor-psixologlar uchun o‘quv seminari / / Milliy gvardiya Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasida maktab oʻquvchi yoshlari va harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun vatanparvarlik tadbiri tashkillashtirildi / / Maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlari oʻtkazildi / / Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan Fargʻona shahridagi 1-sonli alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar maktabida kamondan otish boʻyicha maxsus mahorat darslari tashkil etildi / / Yoshlar uchun vatanparvarlik tadbirlari oʻtkazilmoqda / / "Vatan tayanchi" sardorlari uchun oʻquv-seminari tashkil etildi / / Maktablarda giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda / / Harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri hamda "Uch avlod uchrashuvi" oʻtkazildi / / Toshkent texnologiya, menejment va kommunikatsiyalar instituti Singapur filialida Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi / / Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi munosabati bilan maktablarda vatanparvarlik tadbirlari davom etmoqda / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti kursant va harbiy xizmatchilari Toshkentdagi 22-sonli Mehribonlik uyida boʻldilar / / Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari 30-sonli Mehribonlik uyida oʻtkazilgan bayram tadbirida ishtirok etishdi // Respublikamizda “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” tadbirlariga start berildi // "Yongʻin xavfsizligi oyligi" munosabati bilan poytaxtimizdagi 22 va 30-sonli Mehribonlik uylarida Yashnobod va Chilonzor tumani FVB bo’limi xodimlari tomonidan “Yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish” mavzusida o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi. // Sirdaryo viloyatida joylashgan Oilaviy uylarda "Kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish" maqsadida 15-noyabrdan 15-dekabrgacha boʻlib oʻtayotgan "Yongʻin xavfsizligi oyligi" doirasida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, elektr va gaz taʼminoti tashkiloti xodimlari bilan hamkorlikda profilaktik yoʻriqnoma va koʻrgazmali mashgʻulotlar oʻtkazildi. // Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda harbiy xizmatga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida ochiq eshiklar kuni va "Uch avlod uchrashuvi" o'tkazildi // Buxoro viloyatining Romitan tumanida yana bir maktabning qoʻshimcha binosi foydalanishga topshirildi // Farzand tarbiyasida maktab va ota-ona hamkorligi // “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi // "Hilpirayver muqaddas bayroq" shiori ostida tadbir o'tkazildi. // Buxoro shahridagi 35-sonli maktabda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun bunosabati bilan tadbir tashkil etildi // O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga bayram tabrigi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi / / Milliy gvardiya inspektor-psixologlari uchun tashkil etilgan o‘quv-seminari yakunlandi / / Andijon shahridagi 2-son Ixtisoslashtirilgan maktab internatida sportning kamondan o‘tish turi bo‘yicha mahorat darslari hamda bellashuvlar o‘tkazildi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi // “Mehribonlik” uylari bitiruvchilari va Oilaviy uylar farzandlarining talabalar turar joylaridagi yashash sharoitlari o‘rganildi / / Yosh sportchilar xalqaro musobaqada ishtirok etishdi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik dan o‘tkazildi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi / / Milliy gvardiya va maktab hamkorligi  / / Maktablarda faoliyat olib borayotgan xodimlar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi / / Shofirkon tumanida navbatdagi vatanparvarlik tadbiri o'tkazildi / / Milliy gvardiya Bolalar psixologiyasi markazi 2 yoshda! 

“Mehribonlik” uylarining sobiq bitiruvchilari yangi xonadonlar bilan ta’minlandi

31.5.2023 1597

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan, Milliy gvardiya va hokimlik organlari vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan 30 yoshgacha bo‘lgan Mehribonlik uyi sobiq bitiruvchilarining turmush sharoitini o‘rganish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi. O`rganishlar davomida uy-joy bilan ta'minlanmagan yoki yashash uchun mo'ljallanmagan, shuningdek, belgilangan sanitariya-gigiyena talablariga, yong'in xavfsizligi qoidalariga javob bermaydigan binolarda yashovchilar ro`yxati shakllantirildi. Mehribonlik uyi sobiq bitiruvchilarini uy-joy bilan ta’minlash masalasini hal etish bo`yicha choralar ko‘rilmoqda, deb xabar beradi Mehribonlik.uz sayti.
Bugun Toshkent viloyati Ohangaron shahrida Mehribonlik uyining sobiq bitiruvchilari Aziza Qayumova va Go‘zal Sharipova o`z xonadonlariga ega bo‘lishdi.
Aziza 15-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi. Uch farzandini yolg`iz tarbiyalayotgan Aziza avgust oyida 30 yoshga to‘ladi. So'nggi yillarda u uzoq qarindoshinikida yashab kelgan. Qarindoshning uyi katta emas – besh xonali. Ammo u erda 11 kishidan iborat katta oila yashaydi.
Aziza bolalari bilan oshxona uchun mo`ljallangan xonadan qo`nim topdi. Albatta, bu yerdagi sharoit standartlarga umuman javob bermaydi. Aziza butunlay umidini uzdi, chunki qurilish materiallari do'konida farrosh bo`lib ishlagan ayolning maoshiga uy sotib olishning iloji yo'q edi.
Go‘zal ham Azizaga singari uch farzandini yolg‘iz tarbiyalab kelmoqda. U 14-sonli Mehribonlik uyida ulg‘aygan va onasiz bolaga qanchalik og‘ir ekanligini yaxshi biladi. Ayni vaqtda Go`zal bola parvarishlash uchun tug'ruq ta'tilida. 26 yoshli qahramonimiz uzoq yillar davomida alohida hammom va hojatxonasi bor bo'lgan qulay xonadonga, o'z oshxonasiga ega bo'lishni orzu qilgan. U hojatxona va oshxonasi umumiy bo‘lgan, biroq hammomi umuman bo`lmagan yotoqxonada yashashdan charchagan edi.
Bugun qahramonlarimiz har qachongidan ham baxtli: ular Ohangaron shahridagi “Yoshlik” mahallasidan bir xonali uyga ega bo‘lishdi.
Yangi xonadonlar kaliti Toshkent viloyati hokimligi mutasaddilari , Ohangaron shahar sektor rahbarlari, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida o`z egalariga tantanali topshirildi.