Kasb tanlash har bir inson hayotidagi eng muhim tanlovlardan biridir. Kasb-hunar nafaqat daromad manbai, balki inson hayotda o‘z o‘rnini topishiga, isteʼdod va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishiga yordam beradi.
Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi psixologlari tomonidan Nurafshon shahridagi Oilaviy bolalar uylarining farzandlari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, kasb tanlayotganlarida tushunchalarga ega bo‘lishlari uchun "yoshlar markazi" ga sayohat tashkil etildi.
Bolajonlarning qiziqishlari ham turli xil: kimdir robotlarga qiziqadi, kimdir radioelektronika va dasturlashni yaxshi ko‘radi, baʼzilari esa kesish, tikish, modellashtirish kabi hunarlarni o‘zlashtirishni xohlaydi.
O‘tkazilgan mashg‘ulotlarga bolajonlaga olam-olam zavq berdi. Kunning ikkinchi yarmida barcha kutubxona tomon yo‘l oldi.Ilmiy va badiiy adabiyotlar, darsliklarga boy bo‘lgan mazkur kutubxonada barcha ishtirokchilar o‘zlariga kerakli bo‘lgan maʼlumotlarga ega bo‘lishdi.