Respublikamizda “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” tadbirlariga start berildi // "Yongʻin xavfsizligi oyligi" munosabati bilan poytaxtimizdagi 22 va 30-sonli Mehribonlik uylarida Yashnobod va Chilonzor tumani FVB bo’limi xodimlari tomonidan “Yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish” mavzusida o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi. // Sirdaryo viloyatida joylashgan Oilaviy uylarda "Kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish" maqsadida 15-noyabrdan 15-dekabrgacha boʻlib oʻtayotgan "Yongʻin xavfsizligi oyligi" doirasida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, elektr va gaz taʼminoti tashkiloti xodimlari bilan hamkorlikda profilaktik yoʻriqnoma va koʻrgazmali mashgʻulotlar oʻtkazildi. // Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda harbiy xizmatga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida ochiq eshiklar kuni va "Uch avlod uchrashuvi" o'tkazildi // Buxoro viloyatining Romitan tumanida yana bir maktabning qoʻshimcha binosi foydalanishga topshirildi // Farzand tarbiyasida maktab va ota-ona hamkorligi // “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi // "Hilpirayver muqaddas bayroq" shiori ostida tadbir o'tkazildi. // Buxoro shahridagi 35-sonli maktabda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun bunosabati bilan tadbir tashkil etildi // O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga bayram tabrigi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi / / Milliy gvardiya inspektor-psixologlari uchun tashkil etilgan o‘quv-seminari yakunlandi / / Andijon shahridagi 2-son Ixtisoslashtirilgan maktab internatida sportning kamondan o‘tish turi bo‘yicha mahorat darslari hamda bellashuvlar o‘tkazildi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi // “Mehribonlik” uylari bitiruvchilari va Oilaviy uylar farzandlarining talabalar turar joylaridagi yashash sharoitlari o‘rganildi / / Yosh sportchilar xalqaro musobaqada ishtirok etishdi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik dan o‘tkazildi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi / / Milliy gvardiya va maktab hamkorligi  / / Maktablarda faoliyat olib borayotgan xodimlar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi / / Shofirkon tumanida navbatdagi vatanparvarlik tadbiri o'tkazildi / / Milliy gvardiya Bolalar psixologiyasi markazi 2 yoshda! 

Milliy gvardiya vakillari oilaviy uylarni eʼtiborsiz qoldirmaydi

26.8.2024 593

Yangi o‘quv yili arafasida Milliy gvardiya vakillari oilaviy uylarga tashrif buyurib, bolalarning maktabga tayyorligi hamda ularning o‘qishi va dam olishi uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganishdi. Xususan, Milliy gvardiya Markaziy devoni Yoshlar va bolalar muassasalari bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i polkovnik A. Pirmatov boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent shahar Uchtepa tumani Nayman mahallasida istiqomat qiluvchi 7 ta oilaviy uylarga tashrif buyurishdi.

Ota-onalar va bolalar bilan uchrashuvda barcha kerakli buyumlar, maktab uchun usti-bosh va oyoq kiyimlar hamda kuz mavsumi uchun sport formasi, kompyuterlar va internetga kirish uchun sharoitlar mavjudligi ko‘zdan kechirildi. Birinchi sinfga boradigan bolalarga alohida eʼtibor qaratilib, tarbiyalanuvchilarning axloqiy va ruhiy holati, uydagi vaziyat, yozgi taʼtilni qanday o‘tkazganligi, o‘quv yiliga tayyorgarligi borasida suhbatlar olib borildi.

Maʼsullar tashrif davomida tibbiy ko‘riklarning o‘z vaqtida tashkil etlayotgani va shifokorlarning ko‘rsatmalariga rioya qilish holatini ham o‘rganishdi. Bundan tashqari, hokimlarning oilaviy uy tashkil etish to‘g‘risidagi qarorlari, farzand asrab oluvchi ota-onalar kurslarini tamomlaganlik va malaka oshirish kurslarini davom ettirganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar kabi hujjatlar mavjudligi ko‘rib chiqildi.

Ishchi guruh tomonidan har bir murojaat diqqat bilan tinglanib, ularning bir qismi joyida hal qilindi, qolganlari bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ijrosi qisqa fursatda taʼminlanadigan bo‘ldi. Ota-onalarga o‘zlari qiziqtirgan mavjud masalalar bo‘yicha kerakli tushunchalar va maslahatlar berildi.