Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi va viloyat “Qoʻriqlash” boshqarmasi vakillari hamda mutaxassis psixologlar tomonidan Termiz tumanidagi Oilaviy bolalar uyiga tashrif buyurildi.
Tashrif davomida psixologlar bolalarning ruhiy xavfsizlik xizmatini taʼminlash, ularga quvnoq va ko’tarinki kayfiyat ulashish maqsadida trening va jismoniy mashqlar olib bordi.
Bu kabi uchrashuvlarning muntazam o’tkazilishi oʻgʻil-qizlar o’rtasida doʻstlik, hamjihatlik kabi tuyg’ularini, shuningdek, mantiqiy fikrlashlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.