Shahrisabzdagi “Chorsu” tarixiy majmua sayyohlar va shahar mehmonlarini o‘ziga xos madaniy merosi bilan o‘ziga rom etadi, bu yerda hunarmand va tikuvchi ayollar oʻz mahoratlarini namoyish qilishadi. Yaqinda Maxamadiyevlar oilasi qizlari “Chorsu” majmuasiga tashrif buyurib, hunarmand ayollar bilan suhbatlashdi. Mohir tikuvchilar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarning go‘zalligidan qizlar zavqlanishdi. O‘z navbatida, hunarmand ayollar ham qizlarning samimiyligidan ilhomlanib,ularga milliy uslubda to‘qish va zargarlik buyumlarini yasash sirlarini o‘rgatish taklifini bildirdilar.