Tekshiruv davomida Mirobod tumanidagi 158-maktabning 11-sinf o‘quvchisidan S.B yonidan Cobalt avtomashinasi kaliti borligi aniqlandi. Inspektor-psixologlar tomonidan maktab atrofi ko‘zdan kechirilganda, oʻquvchi onasiga tegishli boʻlgan oq rangdagi Cobalt avtomashinasi ruxsatsiz maktabga boshqarib kelganligi maʼlum boʻldi.
Voqea joyiga YPX xodimlari chaqirilib, avtomashina jarima maydonchasiga olib ketildi. Holat yuzasidan o‘quvchining onasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasi asosida bayonnoma rasmiylashtirildi.