Navoiy viloyati Karmana tumanida yashovchi Orziyevlar xonadoniga tashrif buyurgan harbiylar yoshlar bilan o‘qish, kelgusidagi rejalar haqida suhbatlashdi. Suhbat davomida qizlar o‘zlarining erishgan yutuqlari bilan o‘rtoqlashdi, bo‘sh vaqtlarini qanday o‘tkazishlari, orzu va umidlari haqida so‘zlab berdi. Va, albatta, mehmonlardan bolaliklari qanday oʻtganligi va harbiylikka qay darajada tayyorlanganliklari toʻgʻrisidagi savollariga javob olishdi.