Bugun mamlakatimizda kuzatilayotgan anomal sovuq havo sharoitida isitish tizimi bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish hamda Milliy gvardiya qo‘mondoni ishtirokidagi videoselektor davomida qo‘yilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Buxoro viloyati hokimligi tashabbusi bilan gaz va elektr taʼminoti sust hududlarda joylashgan Oilaviy bolalar uylariga bepul ko‘mir yetkazib berildi.
Taʼkidlash joizki, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish masalasi Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i polkovnik J. Shernazarov tomonidan nazoratga olingan.