Bu yil muqaddas Qurbon Hayiti bayramidan so‘ng, yana bir muhim sana – Yoshlar kuni nishonlandi. Bayramlar munosabati bilan Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari va xodimlari viloyatdagi oilaviy bolalar uylarida bo‘lib, bolajonlar va ularning ota-onalarini tabriklab, sovg‘a-salomlar ulashdilar. Tashrif davomida harbiy xizmatchilar bolalar bilan suhbatlashib, bayramlar, milliy anʼanalar, urf-odatlar, qadriyatlar, davlatimiz tomonidan navqiron avlod, yoshlarga ko‘rsatilayotgan eʼtibor va g‘amxo‘rlik haqida so‘z yuritdilar.
Taʼtilni yozgi oromgohlarda o‘tkazayotgan bolalar ham eʼtibordan chetda qolmadi.
Bolalarning quvonchli chehralariga boqib, ko‘zlaridagi quvonchni ko‘rib, Milliy gvardiya xodimlari bolalar uchun, umuman, insonlar uchun eng qimmatli sovg‘a – eʼtibor, mehr va hurmat ekaniga yana bir bor amin bo‘lishdi.