Milliy gvardiya Markaziy devoni hamda Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari Jo‘rayev va Asatullayevlar oilaviy bolalar uylarida bo‘lib, ushbu oilalarda bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
Xonadon ostonasidan kiriboq, bolalar o‘zlarining yangi oila aʼzolari bo‘lmish ota-onalari va aka-singillari bilan yaqin va samimiy munosabatda ekanligini darrov sezish mumkin. Bolalar hotirjam va o‘ziga ishongan, demak ular mehr-muhabbatga yo‘g‘rilgan muhitda ulg‘aymoqda.
Mehmonlar olib kelgan shirinlik tanovuli va bir piyola choy ustida bolalar mehmonlarga yozgi taʼtil kunlari qanday zavq bilan o‘tayotganini, qanday mashg‘ulotlar bilan bandligini, qo‘shni bolalar bilan yaqin do‘st bo‘lib olganliklarini, o‘z orzu-istaklari, qanday kitobni sevishlari, qaysi sport turiga qiziqishlarini so‘zlab berdilar. Shuningdek, bolajonlar Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining bolaliklari qanday o‘tganligi, ular bola payti nimalarga qiziqqanligi haqida so‘radilar.