Jizzax viloyatida yoshlarning harbiy-vatanparvarlik ruhini yuksaltirish, ularni sogʻlom turmush tarziga, yurtga sadoqat va burch tuygʻusi asosida tarbiyalash maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan, Milliy gvardiya Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlar uchun qurol-aslaha namoyishi, shuningdek, harbiy xizmatchilar tomonidan tayyorlangan jangovar qoʻl jangi chiqishlari va koʻrgazmali mashgʻulotlar namoyish etildi. Bunday tadbirlar yoshlarda vatanparvarlik tuygʻularini mustahkamlash, ularni qonuniylik va tartibga rioya qilishga undashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shuningdek, yoshlarga Milliy gvardiyaning asosiy vazifalari, harbiy xizmatning mazmun-mohiyati, yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Mazkur tadbir – yoshlarni harbiy xizmatga qiziqtirish, ularni yuksak maʼnaviyat va sogʻlom hayot tarziga yoʻnaltirish, kelajagimiz egalari boʻlgan yosh avlodni ijtimoiy faollikka chorlashga qaratilgan muhim qadamlardan biri boʻldi.