Teatrning mahoratli aktyor va aktrisalari tomonidan “Oltin tarvuz” nomli sahna asari namoyish etildi. Tomosha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, bolalarning maʼnaviy dunyosiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
“Teatr – bu ibratxonadir” degan hikmat bejiz aytilmagan. Teatr har qanday davrda inson hayotiga saboq beruvchi, ma’naviyatni yuksaltiruvchi, ruhiy olamni boyituvchi kuchli vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa, yosh avlodning estetik didini shakllantirishda uning o‘rni beqiyosdir.
Mazkur tashrif gvardiyachilarning farzandlari uchun mazmunli dam olish, madaniy hordiq chiqarish va milliy san’atimiz durdonalari bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.