Quvasoy shahrida joylashgan maktab o‘quvchilari uchun Milliy gvardiya Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi. Tadbir davomida oʻquvchilarning eʼtiboriga markazda muddatli harbiy xizmatchilar hamda tinglovchilar yotoqxonasi, tinglovchilarning o‘z kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Bu kabi tadbirlar yoshlarning qalbida vatanparvarlik tuygʻularini yanada oshirishga hamda yurt uchun daxldorlik hissi tobora shakllanishiga xizmat qiladi.