Psixolog mutaxassislar Samarqand viloyatidagi oilaviy bolalar uylari farzandlari bilan doimiy tarzda suhbatlashib, yozgi taʼtilni qanday o‘tkazayotgani, ota-onalari ularga qay darajada eʼtibor qaratayotganini o‘rganmoqda. Individual va guruh suhbatlaridan tashqari psixologlar o‘g‘il va qizlarning psixologik holatini aniqlashga qaratilgan interaktiv o‘yinlar ham o‘tkazmoqdalar. Shu bilan birga, gvardiya vakillari bolalar bilan turli mavzularda muloqot qiladi, birgalikda kitob o‘qiydi, shaxmat va shashka o‘ynaydi, o‘z bolaliklari, nimalarga qiziqqanliklari haqida haqida gapirib berishadi.