Poytaxtimizdagi 22-sonli “Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchilari va ularning Chilonzor tumanidagi 128- va 79-sonli umumtaʼlim maktablaridagi sinfdoshlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tarixi muzeyiga ekskursiyaga taklif etildi.
Milliy gvardiya Markaziy devonida tashkil etilgan muzeyda gvardiyaning tashkil topish va taraqqiyotining shonli tarixi, uning qahramonlari va tizimda yillar davomida xizmat qilib, uning ravnaqiga hissa qo‘shgan insonlar haqida hikoya qiluvchi eksponatlar, noyob tarixiy hujjatlar va maʼlumotlar saqlanadi. Bu yerda kiyim-kechak va qurol namunalari ham mavjud. Harbiy xizmatchilar tomonidan tashkil etilgan ekskursiya va hikoyalar yosh mehmonlarda Milliy gvardiyaga qiziqish, Vatan himoyachisi degan mashaqqatli, ammo ezgu kasbga hurmat hissini uyg‘otdi.