O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Toshkent shahri bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan inspektor psixologlar uchun ma'naviy-ma'rifiy uchrashuv oʻtkazildi. Tadbirda inspektor psixologlar hamda boshqa mutaxassislar ishtirok etishdi.
Maqsad psixologlarining kasbiy malakasini oshirish, ularning o'quvchilar bilan ishlashdagi samaradorligini yanada kuchaytirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlarni rivojlantirishdan iborat edi. Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilar psixologik maslahatlar, ma'naviy tarbiya va o'quvchilarning ijtimoiy muhitini yaxshilash bo'yicha turli mavzularda ma'ruzalar tingladilar.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o'zaro fikr almashib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar yuzasidan kelishib oldilar.