Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida “Milliy liboslar – millat ko‘zgusi” mavzusida anjuman o‘tkazildi.
Anjuman davomida kiyinish odobi, madaniyati, milliy liboslarning tarixi va bugungi kundagi uyg‘unlashuvi, bu boradagi mavjud muammo hamda kamchiliklar bo‘yicha maʼruzalar tinglandi.
O’zbek milliy urf-odati hamda qadriyatlarini targ‘ib etuvchi liboslarni ommaga taqdim etish, yosh dizaynerlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mukarram Nurmatova, Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari Feruza Ibragimova boshchiligida oʻtkazilib, unda jamoatchilikda faol bo‘lgan xotin-qizlar bilan bir qatorda, Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchi va xodimlari hamda viloyatdagi Oilaviy bolalar uyining farzandlari ham ishtirok etdi.
Anjuman yakunida faol ishtirok etgan yoshlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.