Xusenovlar oilaviy bolalar uyiga Milliy gvardiya Bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, podpolkovnik G‘. Ishmanov , Milliy gvardiyaning Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchi va xodimlari tashrif buyurishdi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad bolalarning yashash sharoitlarini o‘rganish va o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rishda yordam berishdan iborat.
Milliy gvardiya vakillari Jahongir Berdiyevich va Feruza Tilavqulovna timsolida ota va onasini topgan olti nafar bolaning har biri bilan suhbatlashdilar. Bolalar ta’tilni qanday o‘tkazayotganligi, oilada qanday yashayotganligini, mahalladan kimlar bilan do‘stlashib olganini, qanday kitob o‘qishi, qanday o‘yin o‘ynashni yoqtirishi haqida so‘zlab berdi.
Bolalar o‘z orzulari haqida so‘zlab berdilar, mehmonlardan bolalik va yoshlik yillari qanday o‘tgani haqida so‘rashdi. Ota-onalar Milliy gvardiya vakillari bilan bolalarni tarbiyalash jarayoni, ular qanday qiyinchiliklarga duch kelayotgani va va ularni qanday bartaraf etayotgani haqida suhbatlashdilar. Farzandlar va ota-onalarning barcha istaklari nazoratga olinib, mas’ul shaxslarga ko‘rsatmalar berildi. Xayrlashish chog‘ida mehmonlar bolalarga sovg‘alar topshirdilar.