Tuman rahbari tashabbusi bilan ayni kunlarda Qo‘rg‘ontepa tumanida bo‘lib turgan O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyorlari, Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Muruvvat” bolalar mehribonlik internat uyi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdilar.
Maʼlumki, 3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” sifatida qarshi olinadi. Ushbu sana munosabati bilan bir vaqtni o‘zida 300 nafardan ortiq nogiron bolajonlarni o‘z bag‘rida parvarishlab kelayotgan Muruvvat uyida, yurtimiz ardoqlagan artistlar tomonidan bayram egalariga atalgan tadbir tashkil etildi.
Bolajonlarga bayram tuhfalarini taqdim etgan mehmonlar, ular bilan bir davrada raqs tushib, o‘ksik qalb egalarini xushnud etishga chog‘landilar.