Xabaringiz bor, oliyjanob va saxovatpesha insonlarning tashabbusi bilan kuni kecha Buxoro viloyatida yana bir "Oilaviy bolalar uyi" tashkil etilib, viloyatimizda ularning soni 7 taga yetdi.
Shu maʼnoda, ana shunday insonlar Milliy gvardiya qo‘mondoni hamda Xalq taʼlimi vazirining eʼtirofiga sazovor bo‘lib, tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.
Tashakkurnomalarni topshirish uchun, Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat hokimligi hamda 32-sonli Mehribonlik uyi rahbariyati ishtirok yetishib, bolajonlarning ham holidan xabar olishdi.