“Qalqon” jamoatchilik guruhi aʼzolari o‘rtasida “Sog‘lom hayot - baxtli kelajak garovi!”  shiori ostidagi  harbiy vatanparvarlik sport musobaqalari o‘tkazildi / / Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Toshkent shahridagi 22 va 30-sonli Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari hasharda faol ishtirok etishdi / / Mo‘ynoq tumanidagi 4-sonli maktabning 10-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Ona Vatanni himoya qilish muqaddas burch" shiori ostida harbiy sport musobaqasi o‘tkazildi / / Milliy gvardiya hamda Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan poytaxt maktablarida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi / /  Poytaxt maktablarida o‘quvchilar bilan bir qator tadbirlar o‘tkazildi / / Axborot 24 | Harbiy-vatanparvarlik tadbirlari / / O‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida nazorat tadbirlari o‘tkazildi / / Chirchiq shahri kamondan otish sporti boʻyicha Oʻzbekiston chempionatiga mezbonlik qilmoqda  / / Buxoro shahridagi 35-umumtaʼlim maktabida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ota-onalar ishtirokida ochiq muloqot tadbiri tashkil etildi. Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Farhod Boqiyev va Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari Sarvar Mamayusupov ishtirok etdi / / Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Chirchiq harbiy prokuraturasi hamkorligida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi / / “Oila-mahalla-maktab” tizimi amalda  / / “Xavfsiz maktab” konsepsiyasini joriy etishga eʼtibor qaratilmoqda / / “Maktab-oila-mahalla” zanjirini mustahkamlash borasidagi ishlar / / Maxsus reportaj : Voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi yanada takomillashtirilmoqda / / Oilaviy bolalar uylari faoliyati, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ichki kechinmalari bilan tanishishingiz mumkin / / Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi nishonlandi / / Termiz tumanidagi 16-sonli maktabda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi / / «Turon yo‘lbarslari» harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasi / / O‘quvchi yoshlar o‘rtasida “Xalq bilan armiya - bir tanu, bir jon” shiori ostida harbiy vatanparvarlik sport musobaqasi o‘tkazildi / / Milliy gvardiya xodimlari hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorlikda Jizzax va Sirdaryo shahridagi Oilaviy uylar faoliyati ko‘zdan kechirildi / / Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazildi / / Farg‘ona shahridagi 11-sonli umumtaʼlim maktabida "Navoiyxonlik kechasi" bo‘lib o‘tdi / / Harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi inspektor-psixologlari hamda prokuratura masʼullari hamkorligida Sariosiyo tumanidagi 2-sonli umumtaʼlim maktabida “Mening maktabimda jinoyat bo‘lmaydi!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi / / Jizzax shahridagi 31-sonli maktabda "Men vatanparvarman" shiori ostida tadbir o‘tkazildi / / “Farzandim jigarbandim” ko’rsatuvining 107-soni 58-sonli umumta’lim maktabidan tayyorlandi / / Inspektor-psixologlar uchun o‘quv seminari / / Milliy gvardiya Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasida maktab oʻquvchi yoshlari va harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun vatanparvarlik tadbiri tashkillashtirildi / / Maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlari oʻtkazildi / / Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan Fargʻona shahridagi 1-sonli alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar maktabida kamondan otish boʻyicha maxsus mahorat darslari tashkil etildi / / Yoshlar uchun vatanparvarlik tadbirlari oʻtkazilmoqda / / "Vatan tayanchi" sardorlari uchun oʻquv-seminari tashkil etildi / / Maktablarda giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda / / Harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri hamda "Uch avlod uchrashuvi" oʻtkazildi 

Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari bolalar va kattalarga qish kunlari yong‘in va is gazidan himoyalanish qoidalarini eslatib o‘tishdi

8.12.2022 1430

Ushbu qishning qorli kunlarida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va xodimlari Respublika bo‘ylab “Mehribonlik” uylari va boshqa taʼlim-tarbiya muassasalari, shuningdek, oilaviy bolalar uylariga tashrif buyurishdi. Ushbu tashriflardan ko‘zlangan maqsad isitish tizimlari, maishiy isitish elektr jihozlarining yaroqliligini tekshirishdir.

Shu bilan birga, Milliy gvardiya vakillari bolalar, tarbiyachilar, tutingan va o‘rnini bosuvchi ota-onalar bilan yong‘in xavfsizligi mavzusida suhbatlar o‘tkazdilar. Ular kattalar va bolalarga qishda yong‘in kelib chiqishining asosiy sabablari, isitish vositalaridan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalarga rioya qilmaslik qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida tushunchalar berishdi.

Jumladan, o‘zining va atrofdagilarning hayotiga beparvolik va masʼuliyatsizlik natijasida pechlar, mo‘ri va elektr simlarini o‘z vaqtida yaroqliligini bilmaslik qanday fojiali oqibatlarga olib kelishiga misollar keltirildi.

Shuningdek, is gazining hosil bo‘lishi, nima uchun u “tilsiz qotil” deb atalishi, is gazi bilan zaharlanishning oldini olish uchun qanday choralar ko‘rish zarur ekani tushuntirilmoqda. Harbiy xizmatchilar va xodimlar kattalar va bolalarga yong‘in yoki gaz sizib chiqqan taqdirda darhol murojaat qilinishi kerak bo‘lgan favqulodda vaziyatlar xizmatlari raqamlarini yana bir bor eslatib o‘tishdi.

Gvardiyachilar taqdim etgan fotosuratlarda bo‘lsa, Toshkent shahri hamda Samarqand, Toshkent, Sirdaryo viloyatlaridagi oilaviy bolalar uylari farzandlari va “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari, shuningdek, SOS Assotsiatsiyasining Bolalar shaharchasida o‘tkazilayotgan isitish tizimlari, maishiy isitish elektr jihozlarining yaroqliligini tekshirish jarayonlari va yong‘in xavfsizligi mavzusida bolalar va kattalar ishtirokidagi suhbatlarning borishi bilan tanishishingiz mumkin. Bu kabi tadbirlar respublikamiz bo‘ylab davom etmoqda.