Suhbat davomida o‘quvchilarga bilim olish muhimligi haqida gapirib, ularning ota-onalariga bola tarbiyasi va taʼlimidagi o‘z majburiyatlarini bajarmaganlik, shuningdek farzandining sababsiz dars qoldirganligi uchun javobgarlik borligi haqida eslatildi.
Shuningdek, suhbatlarda prokuratura organlari, mahalla qo‘mitasi hamda maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi vakillari ishtirok etdi. Suhbat mobaynida voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi huquqbuzarlik va jinoyatlarning sabablari muhokama qilinib, oqibatlari haqida ota-onalarga tushuntirildi. Shundan so‘ng, o‘smirlik davrdagi qilmishlar mavzusidagi hamda turli xil giyohvand moddalar, alkogol va boshqa salbiy mahsulotlarni isteʼmol qilishning oqibatlari to‘g‘risidagi ijtimoiy videoroliklar namoyish etildi.