Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov A.P.Xlebushkina nomli 22-sonli Mehribonlik uyiga qarashli “Gulbahor” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida bo‘ldi.
Vazir Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining dam olish sharoitlari bilan tanishdi.
Ayni vaqtda 60 nafar bola dam olayotgan mazkur oromgohning moddiy texnik bazasi, faoliyati o‘rganildi.
Bolalar bilan yoz mavsumini unumli o‘tkazish bo‘yicha suhbatlashildi.