Maxamadiyevlar oilasi farzandlari doim ota-onasini mehnat bilan mashgʻul boʻlishlariga hamda kechki ovqatdan soʻng, barcha televizor qarshisiga yigʻilganda ham, onasining kashta tikish, toʻqish, tikuvchilik bilan band boʻlishiga guvoh boʻlishadi. Shu bois olti qizning hammasi milliy kashtadoʻzlik bilan shugʻullanayotganligi tabiiy hol. Ular kiyim-kechakni, matoli buyumlarni, parda hamda choyshablarni milliy kashtachilik elementlari bilan bezashni yaxshi koʻradi. Qizlar hali xaridorlardan buyurtma olishgani yoʻq, ammo ular allaqachon sumka hamda koʻzoynaklarga qoliplar tikishni boshlagan.
Qizlarning maqsadi – ko‘rpa-to‘shak, to‘y dasturxoni, beshik yopinchiqlari, to‘n hamda erkaklar belbog‘larini bezashda qo‘llaniladigan bosma, iroqi uslublarni puxta egallashdir.
Kelajakda Maxamadievlar oilasi qizlari oʻz ishini ustasi boʻlib yetishishiga hamda ular tomonidan tikilgan so‘zanalar Shahrisabz ahliga manzur boʻlishiga ishonamiz.