Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamiyatning turli tarmoqlari, ayniqsa, harbiy soha bilan aloqador bo‘lgan davlat xizmati turlariga faollik bilan jalb etish, o‘z yurti va xalqi taqdiri uchun yuksak masʼuliyat va javobgarlik kabi muhim xususiyatlarni shakllantirish maqsadida Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi rahbariyati tomonidan Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga qarashli umumtaʼlim maktablarining harbiy-vatanparlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinflar o‘quvchilari, Oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari hamda Navoiy shahri va Karmana tumanidagi uyushmagan yoshlar, ijtimoiy-maʼnaviy muhiti sog‘lom bo‘lmagan “Muammoli” maktablardagi tarbiyasi og‘ir o‘quvchilarni jalb etgan holda Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasiga qarashli “Karmana” dala -o‘quv markazida “Ochiq eshiklar kuni” va dala sharoitida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
O‘tkazilgan navbatdagi mashg‘ulotlarda o‘g‘il-qizlarning harbiy mashqlarda naqadar bardoshliligi, ruhan chidamkorlik sifatlari sinovdan o‘tkazildi. Unda yoshlar jamoalarga bo‘lingan holda, to‘siqlardan o‘tib belgilangan masofani zabd etish hamda yugurish kabi mashqlarda ishtirok etdilar. Dala-o‘quv markazida o‘tgan bir kunlik tadbir davomida o‘g‘il-qizlar harbiylar hayoti bilan yaqindan tanishdilar.