Yurtimiz ravnaqi hamda nurli istiqboli uchun xizmat qilishga astoydil bel bog‘lagan yoshlarimizning safi tobora ortib bormoqda.
Oliy taʼlim muassasalariga imtiyozli qabul qilingan yoshlarimizning yana bir guruhi, qolaversa, "Yangi umid va ishonch" nomli Oilaviy bolalar uyi farzandlari O‘zbekiston tuman hokimligi, Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan kiyim-kechaklar (kostyum-shim, sport kiyimlari, mavsumiy oyoq kiyimlari, o‘quv qurollari) bilan taʼminlandi.
Yoshlarimiz ko‘rsatilayotgan eʼtibor va g‘amxo‘rlik uchun Prezidentimizga, Milliy gvardiya rahbariyatiga va viloyat hokimligiga o‘zlarining samimiy minnatdorchiliklarini bildirdilar.