Sport yoshlarni jismonan sog‘lom, yetuk va barkamol farzand bo‘lib kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois yurtimizning barcha hududlari bo‘ylab yoshlarni sportga jalb qilish borasida ko‘plab chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Sog‘lom turmush tarziga amal qilayotgan o‘smir yoshlarning soni kun sayin ko‘payib borayotgani ham fikrimiz dalilidir.
Xususan, kuni kecha poytaxtimizdagi 22- sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari hamda Chilonzor tumani mahalla yoshlari o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogiga bag‘ishlangan musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Qizg‘in bahs va munozaraga boy bo‘lgan mazkur musobaqaning Chilonzor tuman bosqichida tarbiyalanuvchilar faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritishdi va Chilonzor tumani hokimligi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi