18 may – Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi Xalikovlar oilasining farzandlari Termiz arxeologiya muzeyiga tashrif buyurdi. Tarix va bugunni bevosita bog‘lab turuvchi, insoniyatning ibtidosidan to bugungi kunigacha tilsiz hikoya qiluvchi xotiralarni o‘zida asrab kelayotgan ushbu muzeydagi eksponatlar yoshlarda katta taassurot qoldirdi.
Sayohatga kelgan bolajonlarga muzey mutaxassislari tomonidan Surxon vohasining tarixi, asrlar davomida saqlanib qolgan qadriyatlari hamda qadimiy arxeologik topilmalari xususida atroflicha maʼlumotlar berildi. Tashkil etilgan tadbirda o‘g‘il-qizlar milliy tariximizga oid bilim va tushunchalarga ega bo‘ldilar.