Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig’i polkovnik Sh.Akbarov boshchiligidagi harbiy xizmatchilar muqaddas Ramazon hayiti munosabati bilan quvonch ulashish maqsadida Rahmonovlar xonadoniga tashrif buyurdi. Tashrif avvalida bolajonlarga ular uzoq vaqtdan beri orzu qilgan buyumlari taqdim etildi: noutbuk, non pishirish uchun mini-pech, pazandachilik va qandolatchilik uchun asboblar hamda aksessuarlar...
Shundan so’ng, bir piyola choy ustida do‘stona suhbat bo‘lib o‘tdi. Bolajonlar, ularning ota-onalari va harbiy xizmatchilar oilaviy qadriyatlar, milliy an’analar, marosim va urf-odatlar, kelajakdagi rejalari hamda hozirda ta’lim qanday ketayotganligi haqida suhbatlashdi. Bolalar o‘z hayotlarida bo‘lib o‘tgan voqealarni xursandchilik bilan o‘rtoqlashdilar, kulgili vaziyatlar haqida soʻzlab berdilar.
Xayrlashuv chog'ida mezbonlar va mehmonlar esdalik uchun suratga tushishdi.