Buxoro viloyat hokimligi bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati, Kogon shahar hokimligi hamda Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi masʼullari tomonidan tumanda istiqomat qiluvchi 4 nafar oilaning xonadonlariga tashrif buyurilib, mavjud bo‘lgan muammolar o‘rganildi.
O‘rganishlarning izchil natijasi sifatida har bir xonadon farzandlariga dars tayyorlash uchun mo‘ljallangan parta va stullar, shuningdek, o‘quv qurollari taqdim etildi.