Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar orasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi muddatli harbiy xizmatchilari va "Mattiyevlar" oilasi farzandlari ishtirokida sport tadbirlari tashkil etilib, yoshlar mini-futbol sport turi bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar.
Dastlab badanni qizdiruvchi mashqlar amalga oshirilib, soʻngra ikki jamoa oʻrtasidagi futbol oʻyiniga start berildi.
Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy boʻlgan oʻyin barchada ulkan taassurot qoldirdi.