Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashovchi Parajillaevlar oilasi farzandlari dam olish kunlari oila davrasida qanday o‘tayotganligi haqida soʻzlab berdi. O‘g‘il-qizlar uy hayvonlarini parvarish qilish, turli mamlakatlar, xalqlar va madaniyatlar haqidagi ma’rifiy ko‘rsatuvlarni tomosha qilish, kechki payt Toshkent bo‘ylab sayr qilishdan tashqari, ota-onasi, buvilari va qarindoshlari bilan birgalikda turli taomlar tayyorlab, hovlisidagi boʻsh yerlarga ishlov bermoqda.
Yoshi ulugʻlarning fikricha, bu kabi yumushlar bolalarni mustaqil hayotga tayyorlashga yordam beradi.