O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022 yil 1 avgust kuni qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida"gi qarori asosida respublikamizning barcha davlat va nodavlat tashkilotlarda «Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz» shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Taʼkidlash joizki, ayni kunlarda bunday tadbirlarni samimiy ruhda tashkil etishga, unda mustaqillikning qadr-qimmati, ayniqsa, yangilanayotgan O‘zbekistondagi islohotlar mohiyatini hayotiy misollar bilan ochib berishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Shu maʼnoda, bugun, viloyat Barkamol avlod bolalar maktabida "Mustaqillik baxtim, saodatim" shiorida madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi.
Tadbirda, ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar hamda Buxoro harbiy gornizoni harbiy xizmatchilari tomonidan yangragan vatanni madh etuvchi taronalar, shuningdek faxriy qorovul chiqishlari barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Shu bilan birga, tadbirga mehmon sifatida taklif etilgan Mattiyevlar oilasi farzandlari uchun bayram esda qolardi bo‘ldi.