Milliy gvardiya Buxoro viloyati boʻyicha boshqarmasi psixolog-mutaxassislari tomonidan Behbutov va Mattiyev oilalarining farzandlari bilan treninglar oʻtkazildi.
Maʼlumot uchun: mazkur treninglar bolalarda yashirin qoʻrquvlarni, xavotirlarni aniqlashga va ularni bartaraf etishga yordam beradi.
Ota-onalar bilan boʻlgan suhbat davomida bolaning bezovta boʻlish sabablarini aniqlash va uni bartaraf qilish usullari tushuntirilib, xotirani yaxshilash, stressni va hayajonni yengish usullari oʻrgatildi.