Buxoro viloyati Jondor tumanida yashovchi Ahad Qahhorovich va Marhabo Davronovnalar oʻz oilasi bagʻriga olgan besh nafar qizlardan biri-Estera bolaligidan raqsga tushishni yaxshi ko‘radi. Yillar oʻtgan sari uni oʻzbek xalq raqslari oʻziga rom eta boshladi.
Esteraning ta’kidlashicha, o‘zbek milliy raqsi xalq ruhi, marosimlari, urf-odat va an’analarini o‘zida aks ettiruvchi, yosh avlod ongida mehr-oqibat, nafosat uygʻotuvchi hamda estetik didni shakllantiruvchi san’at turidir. Shu bois, Estera o‘zi tahsil olayotgan maktabda qizaloqlarga o‘zbek xalq raqsini o‘rgatishga qaror qildi. Yaqinlari Esteraga bu sohada albatta, muvaffaqiyat qozonishini aytishganida, u buni muvaffaqiyat uchun emas balki, raqs sanʼatini chin dildan yaxshi koʻrgani va bu mehrini do‘stlariga ham ulashish uchun qilayotganini taʼkidladi.