Toshkent shahridagi A.Xlebushkina nomidagi 22-sonli “Mehribonlik” uyining 50 nafar tarbiyalanuvchisi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Qizilsuv qishlog‘ida joylashgan bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida xushmanzara va toza havoda yozgi taʼtilni o‘tkazmoqda. Ularni ko‘ngil ochar musobaqalar, qiziqarli o‘yinlar, sayohatlar va olov atrofida oqshomlar kutmoqda. Ilk kunlardan bolalar uchun konsert uyushtirildi. Qizlar va o‘g‘il bolalar birgalikda qo‘shiq aytishdi va raqsga tushishdi, havaskor teatr jamoalari hazil-mutoyibali sahna ko‘rinishlarini namoyish qilishdi, bu esa barchaning olqishiga sabab bo‘ldi.