Buxoro viloyatidagi Abdullayevlar hamda Sattorovlar oilasi farzandlari uchun, ularning qiziqishlarini inobatga olgan holda, o‘zida tasviriy sanʼat muzeyi hamda hunarmandchilikning Buxoro qadimiy ipak qog‘ozi, kashtachilik namunalari, somondan sanʼat asarlari tayyorlash, shuningdek, yog‘och o‘ymakorligini mujassam etgan Buxoro tumanida joylashgan tarixiy markazga sayohat tashkil etildi.
Mazkur tadbir davomida yoshlar markazning faoliyati, muzey hamda sanʼatning tarixiy yo‘nalishlarini o‘zida jamlagan ustoz-shogird anʼanalarining guvohi bo‘ldilar.
Tadbirga tashrif buyurganlar, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olish bilan birga, o‘z taqdirini sanʼat bilan bog‘lamoqchi bo‘lgan yoshlar uchun markaz rahbariyati bilan to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha maqsadli rejalar belgilab olindi