Shu kunlarda O‘zbekistonda, Xiva shahrida ilk bor Xalqaro etnosport festivali o‘tkazilmoqda. Xorazm viloyatida dunyoning 63 davlatidan 1800 nafardan ortiq xalq qadriyati va anʼanalarini qadrlovchilar yig‘ildi.
Xiva shahrida barpo etilgan oilaviy bolalar uylarning ota-onalari ham bunday tadbirdan bebahra qolishmadi. Jumladan, Matkarimova Roza xonadonidan Shomurodov Xayrullo festival doirasida o‘tkazilgan armrestling musobaqasida qatnashib 3-o‘rinni egalladi. 16 yoshli o‘smir uchun juda ajoyib natija! Xayrulloni g‘alaba bilan muborakbod etib kelgusida o‘qish va sportda omadlar tilab qolamiz!