Yaqinda Xorazm viloyatining Xiva shahrida istiqomat qiluvchi uch oila farzandlari onalari Viktoriya Yusupova, Feruza Allabergenova va Roza Matkarimovalar bilan birgalikda Toshkent shahriga tashrif buyurishdi. Poytaxt ularda katta taassurot qoldirdi. "Bu yerda juda ko‘p go‘zal binolar, ko‘plab meʼmoriy obidalar, istirohat bog‘lari va sayr qilish uchun maydonlar bor. Toshkent o‘z tarixini avaylab saqlaydigan zamonaviy shahardir", - deya o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi bolalar.
Xivadan kelgan mehmonlarni Yapon va botanika bog‘lari, Toshkent teleminorasi va albatta, Ashxobod istirohat bog‘i hayratda qoldirdi. Bolalar tashrif buyurgan har bir joy ularga uzoq mamlakatlar florasi, yapon Tosh bog‘i anʼanalari bilan tanishish imkonini berdi.
Toshkent teleminorasi xodimlarining teleminora yaratilish tarixi haqidagi hikoyasi yosh tinglovchilarni ruhan arxitektura olamiga o‘tkazdi, shaharga eng baland nuqtadan tomosha qilish imkoniyati ularga poytaxtning butun go‘zalligini taqdim etdi. Shuningdek, bolalarning eng mashhur “Ashxobod” istirohat bog‘ida o‘tkazilgan qiziqarli soatlar va sayrlar unutilmas bo‘ldi.