Nukus shahrida joylashgan “Turan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida dam olayotgan maktab o‘quvchilari uchun yozgi taʼtilni mazmunli o‘tkazish maqsadida Milliy gvardiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi xodimlari mintaqaviy yoshlar ishlari Agentligi bilan birgalikda qiziqarli tadbir tashkil etishdi. Bolalar gvardiyachilar va yoshlar tashkiloti vakillari bilan shaxmat va shashka o‘ynashdi. O‘g‘il bolalar futbol o‘ynashdi. Yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan va "Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!" shiori otida bo‘lib o‘tgan tadbirning eng qiziq joyi harbiy texnika ko‘rgazmasi bo‘ldi. Yoshlar harbiy kiyim-kechak va maxsus jihozlar bilan tanishishdi, bosh kiyim va tana zirhlarini kiyib ko‘rishdi hamda jangovar va jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari va Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi bo‘lish bilan qiziqishdi. Uchrashuv yakunida mehmonlar bolalarga esdalik sovg‘alarini topshirishdi.