Favqulodda holatlar va baxtsiz hodisalarni oldini olish, bolajonlarni xavfsizligini taʼminlash maqsadida Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda ishchi guruh tuzilib, viloyatda tashkil etilgan oilaviy bolalar uylarida o‘rganish ishlari olib borildi.
Ishchi guruh tomonidan olib borilgan o‘rganish ishlari davomida, xonadonlardagi yong‘in xavfsizligi, gaz, elektr va boshqa xizmat ko‘rsatish jihozlarining texnik holati ko‘zdan kechirilib, ota-onalar va oila aʼzolariga yong‘in xavfsizligi, gaz va elektr taʼminoti qoidalariga qatʼiy rioya qilishlari bo‘yicha profilaktik tushunchalar berildi.
Bu kabi profilaktik tadbirlarning muntazam o‘tkazilishi sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalarni oldini olish hamda oila aʼzolarni yana bir bor hushyorlikka chaqirishga keng zamin yaratmoqda.