Poytaxtimizdagi 22 - sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ishtirokida sheʼriyat mulkining sultoni, o‘zbek adabiy tilining asoschisi, davlat arbobi mir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag‘ishlab "NAVOIY VA YoSHLAR" mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.
Mazkur kun munosabati bilan isteʼdodli yoshlar ishtirokida sheʼrxonlik va g‘azalxonlik kechasi o‘tkazilib, shoir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Shu bilan bir qatorda, tasviriy sanʼatga qiziqishi baland bo‘lgan bolajonlar devoriy gazeta va albomlarga suratlar chizishdi.