Navoiy shahridagi “Ma'naviyat va ma'rifat markazi” majmuasida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda viloyat hokimi 2022 yil davomida yoshlar tomonidan erishilgan yutuqlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan rejalar haqida to‘xtalib o‘tdi. Tadbir yakunida 16 nafar Mehribonlik uyining bitiruvchilariga Prezidentimiz tomonidan sovg‘a qilingan yashash xonadonlarining kalitlari tantanali ravishda topshirildi. Uchrashuvdan so‘ng viloyat hokimi hamda Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Ahmedova Shahlo Negmurodovnaga taqdim etilgan xonadonning yashash sharoitlari o‘rganildi.