Poytaxtimizda joylashgan 22-sonli“Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchilari uchun o‘zini oddiygina Abdijabbor aka deb tanishtirgan mehridaryo qalb egasi, tadbirkor Navro‘z bayrami munosabati bilan bayram uyushtirdi. Toshkentdagi restoranlardan birida bolajonlar uchun bayram dasturxoni tortildi. Kun davomida o‘g‘il-qizlar qo‘shiq kuylashdi, raqsga tushishdi, zavqlanishdi. Bayram so‘ngida esa tashkilotchilar tomonidan bolalarga kitob sovg‘a qilindi.
– Eng yaxshi sovg‘a – kitob, – deydi Abdijabbor aka bolalarga murojaat qilib. Kitoblar bilim beradi. Asardagi qahramonlar bilan siz vaqt bo‘ylab sayohat qilasiz, yangi mamlakatlarni kashf qilasiz, odamni chiniqtiradigan va toblaydigan tuyg‘ularni o‘zingizda his qilasiz.