Toshkent viloyati Chirchiq shahrida joylashgan 14-sonli “Mehribonlik” uyida Navro‘z ayyomini munosib nishonlash maqsadida tarbiyalanuuvchilar uchun aksiyadorlik tijorat Xalq banki filiali xodimlari tomonidan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tashkilotchilar bolalar bilan birgalikda bahoriy taom-sumalak pishirdilar.
Konsert dasturi davomida qo‘shiqlar kuylanib, diltortar taronalarga raqsga tushildi.
Bahor ayyomi barcha ishtirokchilar va tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.