Kuni kecha shaxmat, stol tennisi, kamondan otish boʻyicha musobaqalar oʻtkazildi. Turli sport musobaqalari bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida dam olayotgan oʻgʻil-qizlarning deyarli barchasini jalb etdi.
Bunday tadbirlarni tashkil etishdan koʻzlangan asosiy maqsad bolalarning mazmunli hordiq chiqarishi uchun keng imkoniyatlar yaratish, oʻz iqtidor va qobiliyatini namoyon etish, qolaversa, bolalarning sportga boʻlgan qiziqishini uygʻotishdir. Sport insonni intizomli, matonatli, irodali qilib tarbiyalashga ham hissa qoʻshadi, salomatlikni mustahkamlaydi.
Musobaqa yakunida tashkilotchilar gʻoliblarni esdalik sovgʻalari bilan taqdirlashdi.