Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchi va xodimlari tomonidan bolalar tarbiyalanayotgan, vasiylik, homiylik yoki farzandlikka olingan oilalarga tashrif buyurildi. Mas’ullarning vazifasi bolajonlarning yashash sharoiti hamda oiladagi maʼnaviy-ruhiy muhitni oʻrganishdir.
Tadbir davomida mehmonlar oʻgʻil-qizlarning oʻqishi, sevimli mashgʻulotlari va boʻsh vaqtlarini qanday oʻtkazayotganliklari bilan qiziqdi. Bolalar va ota-onalar bilan yakka tartibda suhbat oʻtkazilib, farzand tarbiyasi bo‘yicha maslahat va tavsiyalar berildi.