O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga bayram tabrigi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi / / Milliy gvardiya inspektor-psixologlari uchun tashkil etilgan o‘quv-seminari yakunlandi / / Andijon shahridagi 2-son Ixtisoslashtirilgan maktab internatida sportning kamondan o‘tish turi bo‘yicha mahorat darslari hamda bellashuvlar o‘tkazildi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi // “Mehribonlik” uylari bitiruvchilari va Oilaviy uylar farzandlarining talabalar turar joylaridagi yashash sharoitlari o‘rganildi / / Yosh sportchilar xalqaro musobaqada ishtirok etishdi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik dan o‘tkazildi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi / / Milliy gvardiya va maktab hamkorligi  / / Maktablarda faoliyat olib borayotgan xodimlar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi / / Shofirkon tumanida navbatdagi vatanparvarlik tadbiri o'tkazildi / / Milliy gvardiya Bolalar psixologiyasi markazi 2 yoshda! / / Xiva shahridagi Ichan qalʼa tarixiy obidasida otaliqqa olingan yoshlar uchun vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi / / Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni kasbga yo‘naltirish, yoshlarda ertangi kunga bo‘lgan ishonch tuygʻularini yanada shakllantirish maqsadida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi / / Oʻzbekistonda bolalar va oʻsmirlar vaziyatining tahlili bo’yicha hisobot taqdimoti // Tahlil sogʻliqni saqlash va taʼlim xizmatlaridan adolatli foydalanish boʻyicha sezilarli yutuqlarni, shuningdek, bolalarni himoya qilish borasida qonunchilikdagi mislsiz oʻzgarishlarni koʻrsatadi / / 2021-yil 9-avgustdan 2024-yil 8-oktabr holatiga koʻra «SOS Oʻzbekiston Bolalar Mahallalari» Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchasi va Oilaviy bolalar uylarida 2880 nafar bola (qarindoshlar, doʻstlar, vasiylik va homiylik ostida) tarbiyalanmoqda / / Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan maktab o‘quvchilari va mahalliy yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi / / Maktablarda o‘quvchi-yoshlar bilan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda / / Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi hamda Nukus harbiy prokuraturasi hamkorligida Oilaviy uylarining farzandlari va ularning sinfdoshlari uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi / / Bayramingiz muborak, aziz ustozlar! / / Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari mustaqil hayotga tayyorlanmoqda 

22-SONLI MEHRIBONLIK UYI TARBIYALANUVCHILARI UCHUN MADANIYAT VA SPORT TADBIRLARI

27.11.2021 2016

“Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilarini qo‘llab-quvvatlashni, ularga yordam berishni xohlovchilar doimo ko‘p. Odatda bu kabi insonlar bolalarni ovqatlantirishni, ularga kiyim-kechak, kitob hamda o‘yinchoqlar olib berishini istaydi. Bolalar bo‘lsa ko‘proq muloqot qilishni xohlaydi. Ko‘ngildagidek suhbatlar, ichki hissiyotlarini baham ko‘rish... Va shu bilan birga ular bog‘lar, teatrlarga birgalikda sayohat qilishni va yomg‘irda yurishni yaxshi ko‘rishadi. Asosiysi, kim bilan borish muhim emas.

Ushbu maqsadda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining hayotida Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlarining paydo bo‘lishi bilan ularning orzulari nihoyat ro‘yobga chiqa boshladi…

Jumladan, yaqinda Toshkent shahridagi 22-Mehribonlik uyining o‘g‘il-qizlari va Olimpiya zaxiralari kollejidagi tengdoshlari uchun Chilonzor tumani qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Kamondan otish Federatsiyasi bazasiga sayohat uyushtirildi. O‘smirlar federatsiya mutaxassislarining ushbu sportning kelib chiqish tarixi,o‘tgan davrda Olimpiya o‘yinlari dasturiga qanday kiritilganligi haqidagi maʼlumotlarni qiziqish bilan tinglashdi. Nishonga otishni o‘rgangan o‘smirlarning quvonchi cheksiz edi.Tarbiyalanuvchilar yana bu yerga kelish istaklarini bildirishdi.

shuningdek, bolalar uchun "5 tashabbus" doirasida qiziqarli tadbirlar tashkil etildi. O‘quvchilar o‘z xohish-istaklari va qobiliyatiga qarab besh guruhga – o‘qish, qo‘shiq kuylash, tasviriy sanʼat, tikuvchilik va do‘ppido‘zlik hamda sport bilan shug‘ullanuvlar alohida guruhlarga ajratildi. Avval har bir guruhda mashg‘ulotlar o‘tkazildi, keyin har bir jamoa final uchun tayyorlanib, unda yigitlar nimalarni o‘rganganini namoyish etishdi. Tadbir qiziqarli, quvonchli tarzda bo‘lib o‘tdi. Eng muhimi, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilar va xodimlarining qo‘llab-quvvatlashi har bir o‘quvchi o‘zini isteʼdodli va ijodiy his qilishiga turtki bo‘ldi