Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanida joylashgan "Besh buloq" bolalar dam olish oromgohi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. U tog‘lar orasidagi shinam burchakda joylashgan. Bu yerning havosi toza bo‘lib, dam olish juda yoqimli. Z.Normurodovalar oilasining yetti nafar farzandi hozir yozgi taʼtilni shu yerda o‘tkazmoqda.
Dam oluvchilar har kuni piyoda sayr qilish, qiziqarli musobaqalarda ishtirok etish va to‘garaklarda yangi narsalarni o‘rganish imkoniyatiga ega.
Bolajonlarning yoz faslida dam olishi, kuch-g‘ayratini oshirishi uchun Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Angor tumani hokimligi vakillari tomonidan samarali ishlar amalga oshirilmoqda