Nurafshon shahrida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jismoniy va maʼnaviy salohiyatini oshirish maqsadida Milliy gvardiya tashabbusi bilan bir qator tadbirlar tashkil etildi.
Tadbir doirasida kamondan otish, harbiy qurol-aslaha va tog‘ tayyorgarligi bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi, shuningdek, futbol va turnikda tortilish bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Ushbu faoliyatlar yoshlar o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otib, ularning sportga va harbiy xizmatga bo‘lgan munosabatini yana-da mustahkamladi.
Shuningdek, Milliy gvardiyaning Toshkent viloyatidagi Chavandozlar maktabi tomonidan ot sportiga qiziquvchi yoshlar uchun maxsus otda sayr uyushtirildi. Bu esa yoshlar uchun nafaqat madaniy-maʼrifiy, balki amaliy jihatdan ham foydali tajriba bo‘ldi.